Tolibon ilk bor BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etadi

Foto: ochiq manba

Terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan Tolibon 11-22 noyabr kunlari Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan BMT iqlim konferensiyasida (COP29) ilk bor ishtirok etadi . Bu haqda Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul Qaxor Balxiy ma’lum qildi.

Tolibon ishtirok etganiga qaramay, BMTga a’zo davlatlar Afg‘oniston hukumatiga qarshi Xalqaro sudga jamoaviy da’vo qo‘zg‘atmoqchi. Afg‘oniston rasmiylariga javob tayyorlash uchun olti oy vaqt beriladi, shundan so‘ng sud majlislari o‘tkaziladi. Agar ular sud bilan hamkorlik qilishdan bosh tortsa, BMT bosimni kuchaytirishi va Afg‘onistonning ittifoqchilar bilan diplomatik aloqalarini cheklashi mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.