Namanganda noyob qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari, Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi
Namanganda XI va XIV asrga oid noyob qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari, Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi. Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana o‘n adadga ortdi.
Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich, jangdan chiqqan xolatda saqlangan. U qattiq po‘latdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan. Dunyo po‘lat markazi sifatida tan olingan Axsikentning yumshoq va qattiq po‘lati mashhur. Uning yaratilishi esa hozirgacha sir.
Ikkinchi aslaha esa XIV asrga oid bo‘lib, uni Amir Temurning xos askarlari ishlatishgan.
Baqtriya tangasi 475-600 yillarga oid. Xitoy tangasi esa XIX asrga oid bo‘lib, uni tarixchi olim Sherali Qo‘ldoshev batafsil tadqiq etdi.
– Tanganing o‘ng tomonidagi 2 iyeroglif: Kashi / Kashi 喀什 – Qashqar. Chap tomonidagi 2 iyeroglif : san / san 参 – va jir / jin 金 – oltin, deb yozilgan. Tanganing tepa qismidagi 1 iyeroglif: guang / guang 光- yorug‘lik ma’nosini beradi Past qismidagi 1 iyeroglif: yuan / yuan 圓 yumaloq, ya’ni doira degan ma’noni beradi. Tanganinn o‘rtasidagi teshilgan joyidagi iyeroglifni o‘qish qiyin. Biroq, u shyuy 緒 iyeroglifini bildiryapti. Chunki Gaungshyuy / Guangxu 光緒 nomiga o‘xshayapti. U 1875—1908-yillarda Xitoyni boshqargan, — deydi Sherali Qo‘ldoshev.
Uchta nodir kitob esa, ilm-ma’rifatga, falsafa va tarixga oid bo‘lib, unda noyob ilm bitilgan.
Sharhlar