Surxondaryoda toshbaqaga nos chektirgan shaxslar jarimaga tortildi

Foto: Shutterstock

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar fuqaro O’rta Osiyo cho’l toshbaqasiga majburiy ravishda nos chektirgani haqida xabar tarqaldi. Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi, viloyat IIB hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar bermoqda.

Oʻrganish davomida yuqoridagi holat Denov tumani “Yangikuch” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar H.N. va M.N. tomonidan joriy yilning aprel oylari boshlarida sodir etilganligi ma’lum bo’ldi. Ya’ni H. N. ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasiga joylash uchun mahallasidagi dashtlikdan toshbaqani ushlab, nos chektirgan.

Holat yuzasidan ikki nafar fuqaroning har biriga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 111-moddasiga asosan BHMning 3 barobari – 1 million 20 ming so’m miqdorida jarima belgilandi.

Ekologiya vazirligi hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish qatʼiyan taqiqlanganligini, bu qonunga koʻra keskin javobgarlikka sabab boʻlishini yana bir bor eslatib oʻtdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.