Toshkent 2027-yilda qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
Toshkentda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi Kongressi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbirda Alisher Usmonov yana bir bor ushbu tashkilotning rahbari etib saylandi.
Kongress davomida e’tiborli jarayonlar bo‘lib o‘tdi. Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining Ijroiya qo‘mitasi a’zolari orasida O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Bosh kotibi Gulnora Saidova ham o‘z o‘rnini egalladi.
Eng muhim yangiliklardan biri, Toshkent 2027-yilda kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatini qabul qilishi bo‘ldi. Musobaqa 20-28-iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, tadbirda yil yakunlari bilan taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi. Unda, yoshlar o‘rtasida jahon reytingida birinchi o‘rinni egallagan sablyachimiz Fernanda Errera ham mukofotlandi.
Sharhlar