“Toshkent-3” terminalida yuklarni qadoqlash xizmati va yo‘lda ovqatlanish mashinalari paydo bo‘ladi

Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports boshqaruv kompaniyasi E-auksion.uz elektron platformasida Toshkent aeroportining ichki aviaqatnovlar terminalida joy ijarasi uchun bir nechta lotlarni joylashtirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Texnik shartlarga ko‘ra, yuklarni qadoqlash xizmatlarini ko‘rsatish nuqtasi mahalliy aviaqatnovlar terminalining ro‘yxatdan o‘tish zonasida 6 kv.m maydonda joylashadi. Lotning boshlang‘ich qiymati yiliga 180 million so‘m.

Shuningdek, “Toshkent-3” terminalining avtoturargohida “food-track” formatida ikkita oziq-ovqat shoxobchasini tashkil etish uchun har biri 8 kv.m bo‘lgan joylar kimoshdi savdosiga qo‘yildi. LOT-1, LOT-2 .

Texnik shartlarga ko‘ra, potensial g‘oliblar o‘zlarining brendlashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari tarmog‘iga ega bo‘lishi va ushbu sohada kamida 3 yillik amaliy tajribaga ega bo‘lishi kerak. Har bir lotning boshlang‘ich qiymati yiliga 96 million so‘m etib belgilangan.

Ushbu auksionlar 2024-yil 1-avgust kuni E-auksion.uz elektron platformasida bo‘lib o‘tadi. Auksionda ishtirok etuvchi kompaniyalar texnik shartlarga mos kelishi kerak. Ijarachilarga qo‘yiladigan talablar va boshlang‘ich narxlar E-auksion veb-saytida lot ostida joylashtirilgan. Kim oshdi savdosi qoidalariga ko‘ra, dastlabki yillik summalar savdo davomida kamida 10% ga oshishi mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.