Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonida yong‘in kuzatildi
Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonida yuz bergan yong‘in yuzasidan tezkor xabar, deb yozmoqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.
“Mahalliy vaqt bilan soat 11:20 da Toshkent xalqaro aeroporti uchib ketish terminali oldi hududidagi “Terminal” kafesida yong’in kelib chiqgan. Voqea joyiga zudlik bilan aeroport va shahar o‘t o‘chirish bo‘limlari yetib kelgan. Yong‘in soat 11:47 da o‘chirilgan. Yong’in natijasida 5 kv.m maydonga zarar yetkazilgan. Jabrlanganlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga oshxonadagi kichik yong’in sabab bo‘lgan”, – deyiladi xabarda.
Toshkent xalqaro aeroporti normal rejimda ishlamoqda.
Ulashish:
Sharhlar