Toshkent aeroportida 20 yoshli qizni Turkiyaga foxishalikka yuborayotgan ayol ushlandi

Фото: кадр из видео

Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan DXX Ohangaron shahar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda yana bir shaxs odam savdosi qurboni bo‘lishining oldi olindi, deb yozmoqda boshqarma matbuot xizmati.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Ohangaron shahrida yashovchi 2002 y.t. ayol (H.T.) oson pul topish maqsadida o‘ziga tanish bo‘lgan 2004 y.t. ayol (Z.O.)ni aldab, mo‘may daromad topishga ishontirib Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatining Istanbul shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ayolni Istanbulda Turkiya fuqarolari kutib olishi zarur bo‘lgan.

Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.