Toshkent aeroportida qimmatbaho soatlar va taqinchoqlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Фото: “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi

“Toshkent” xalqaro aeroportida bojxonachilar tomonidan umumiy qiymati 245 million so‘mlik qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan qo‘l soatlari hamda zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirishga urinishga chek qo‘yildi.

Xususan, Pekindan kelgan yo‘lovchidan 145 million so‘mlik, Dubaydan kelgan yo‘lovchidan esa 60 million so‘mlik soat topilgan. Ikkalasi ham ularni “yashil yo‘lak” orqali olib o‘tmoqchi bo‘lgan, biroq ular bojxona nazoratida ushlangan.

Ikkala holatda ham tovarlarning qiymati jismoniy shaxslar uchun ruxsat etilgan bojsiz import standartlaridan oshib ketgan.

Shuningdek, ko‘zdan kechirish chog‘ida Istanbul-Toshkent reysi bo‘yicha uchib kelgan yo‘lovchining cho‘ntagidan shaxsiy foydalanish uchun ruxsat etilgan 65 grammdan ortiq og‘irligi 40 gramm bo‘lgan qo‘shimcha taqinchoqlar topilgan. Ularning qiymati 50 million so‘mni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslarga 65 grammgacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini shaxsiy foydalanish uchun bojsiz, lekin umumiy chegara doirasida mamlakatga olib kirishga ruxsat etiladi. Masalan, O‘zbekistonga havo yo‘li bilan kirayotganda 2 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan tovarlarni bojsiz olib kirish mumkin.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.