Toshkent aeroportida shaxmat bo‘yicha О‘zbekiston terma jamoasi tantanali kutib olindi

Фото: Uzbekistan Airports

Toshkent vaqti bilan soat 12:40 da bortida О‘zbekiston shaxmat terma jamoasi bo‘lgan “О‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining samolyoti poytaxt aeroportiga qo‘ndi.

Budapeshtda (Vengriya) o‘tkazilgan 45-Jahon shaxmat Olimpiadasi yakunlariga ko‘ra, О‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritgan, ayollar terma jamoasi esa ishtirokchilar ro‘yxatida 12-o‘rinni egallagan.

Bugun prezident Shavkat Mirziyoуev topshirig‘iga binoan Toshkent xalqaro aeroportining uchish terminalida mutasaddi rahbarlar, murabbiylar, jamoaning yaqinlari va qarindoshlari ishtirokida sportchilarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.