Toshkent aeroportining kutib oluvchilar zaliga kirish yo’lagi vaqtinchalik ko’chirildi

Фото: Uzbekistan Airports

“Toshkent” xalqaro aeroportining uchib kelish zali yonidagi avtoturargohda yo‘l qoplamasini ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan shaharga chiqayotgan yo‘lovchilar uchun chiqish yo‘li chap tomonga – taksi yo‘lagining ortiga vaqtinchalik ko‘chirildi. Bu haqida “Uzbelistan Airports” xabar bermoqda.

“Kutib oluvchilar zaliga kirish vaqtinchalik shahar tarafdan amalga oshiriladi. Avtoturargoh hududidagi taʼmirlash ishlari uch kun ichida yakunlanishi kutilmoqda”, – deyiladi xabarda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.