,

Toshkent avtobuslari: Narx va sifat haqida aholi fikri

Foto: Anhor.uz

Toshkent shahar aholisi uchun avtobuslar jamoat transporti tizimining ajralmas qismi hisoblanib, har kuni minglab yo‘lovchilar manziliga yetib borishda ulardan foydalanadi. Tahriryatimiz tomonidan erkin turda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari Toshkent avtobuslari, undagi xizmatlar, narxlar va yaratilgan imtiyozlar haqida kengroq tasavvur hosil qilish imkonini berdi.

Asia-Plus nashrining joriy yil 25-aprelda e’lon qilgan ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent avtobuslaridagi yo‘lkira haqi Markaziy Osiyo poytaxtlari orasida eng arzoni ekanligi ta’kidlangan. Jumladan:

  • Toshkent: $0,11;
  • Ashxobod: $0,12;
  • Dushanbe: $0,17;
  • Ostona: $0,20;
  • Bishkek: $0,35.

Poytaxtning markaziy hududlarida olib borgan so‘rovlarimizda qatnashganlarning ko‘pchiligi avtobuslardan muntazam foydalanishini aytdi. Ayrim respondentlar esa juda kam yoki umuman foydalanmasligini bildirdi. Sababi ular metro yoki shaxsiy avtomobillaridan foydalanishadi.

Shuningdek, respondentlar avtobuslarning sanitariya holati, xavfsiz transport vositasi sifatida qanday qaralishi, xizmat ko‘rsatish darajasi, xodimlarning faoliyatini 10 ballik tizmida o‘rtacha 7-8 ball bilan baholadi.

“Umuman olganda avtobuslar xavfsiz, ozoda transport sifatida yaxshi, ammo ba’zi, yosh chiptachilarning yo‘lovchilarga nisbatan muomalasi qo‘poldek tuyiladi odamga, balki muloyimroq bo‘lish kerakdir”, deydi respondentlardan ba’zilari.

Nogironligi bo‘lgan fuqarolar bilan ham suhbatlashdik. Ularning aksariyati avtobuslardan kam foydalanishini aytgan bo‘lsa-da, xizmatdan mamnun ekanliklarini bildirdi. Bu esa transport tizimining inklyuziv bo‘lish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini ko‘rsatadi.

So‘rovnomamizning kulminatsiyasi yo‘l haqqi haqidagi savol bo‘ldi. Bugungi kunda Toshkent avtobuslarida yo‘lkira naqd to‘lovda 2000 so‘m, elektron to‘lovda esa 1700 so‘mni tashkil etadi. So‘rov natijalariga ko‘ra, yo‘lovchilarning ko‘pchiligi bu narxni “o‘rtacha” va qulay degan fikrda.

Yo‘lovchilardan taklif

So‘rovnomada ishtirok etgan aholi avtobus xizmatlarini yanada yaxshilash va ko‘proq qulaylik yaratilishi uchun o‘z fikrlarini bildirdi. Unda Yangi yo‘nalishlarni joriy qilish va tungi avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, ba’zi xodimlarning yo‘lovchilar bilan muomalasini yumshatishi mumkinligi kabi qator fikrlarni o’rtaga tashlandi.

Respondentlardan to‘plangan fikr va munosabatlardan ma’lum bo‘ldiki, Toshkentga ko‘rk bag’ishlab, yo‘lovchilarga sifatli, arzon, qulay va doimiy xizmat ko‘rsatib kelayotgan jamoat transport tizimi sabab yo‘lovchilar bekatda qolayotgani yo‘q. Sog’-omon, o’z manzillariga yetib bormoqda.

 

                                                                                              Muallif: Ilhomjon Sobirov

*Reklama huquqi asosida

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.