Toshkent avtobuslari to‘lovlarni naqd pulda qabul qilishni to‘xtatadi
O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvardan shahar avtobuslari naqd to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatadi. Yo‘l haqi to‘lash tizimi to‘liq elektronlashtiriladi, deb yozadi “Daryo” Transport vaziri Ilhom Mahkamovga tayanib.
Yo’lovchilar bekatlarda o‘rnatiladigan ma’lumot kiosklari orqali naqd pulga chipta yoki QR kod sotib olish mumkin bo‘ladi. Bu tizim allaqachon Toshkentda sinovdan o‘tkazilmoqda. Har bir avtobusda QR kodlarini o’qish uchun moslamalar bo’ladi va ular o’rnatilgandan so’ng konduktorlar kerak bo’lmaydi, chunki naqd pul yig’ish kerak bo’lmaydi.
Vazir, shuningdek, yalpi shartnomalarning yangi tizimi, unga ko‘ra jamoat transporti operatorlari yo‘lovchilarni o‘z vaqtida yetkazib berganliklari uchun to‘lovlarni olishlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Yaqin vaqt ichida Toshkent va Samarqand shaharlarida elektrobuslardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, 1 ming 294 ta avtobus xarid qilinishi rejalashtirilgan. 2030-yilga borib avtobuslar sonini 5 mingtaga, elektrobuslarni esa 2 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan.
Sharhlar