Toshkentning qaysi hududlarida Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkaziladi
Mamlakat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab О‘zbekiston poytaxtidagi dam olish va istirohat bog‘larida xalq sayllari, ommaviy bayram tomoshalari bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:
- Coca-cola garden bog‘i, Bektemir tumani
- Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, Mirobod tumani
- Central park, Mirzo Ulug‘bek tumani
- Sirg‘ali markaziy bog‘i, Sirg‘ali tumani
- Beruniy maydoni, Olmazor tumani
- “Eko Seul” parki, Uchtepa tumani
- G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i, Chilonzor tumani
- “О‘zekspomarkaz” maydoni, Yunusobod tumani
- “Navro‘z” bog‘i, Shayxontohur tumani
- “Ashxobod” istirohat bog‘i, Yashnabod tumani
- Green park parki, Yangihayot tumani
- Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona aloqalar qo‘mitasi binosi oldidagi maydon, Yakkasaroy tumani.
Har bir bog‘ ma’muriyati tashrif buyuruvchilar uchun qo‘shimcha tadbirlar ham tashkil etadi. Bayram tomoshalari soat 18:00 dan keyin boshlanadi va 2-sentyabrgacha davom etadi.
Ulashish:
Sharhlar