Toshkent havo ifloslanishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi
IQAir portali ma’lumotlariga ko‘ra, 21-fevral holatiga Toshkent havo ifloslanishi darajasi me’yordan 39 marta oshib ketgan.
9:30 da poytaxtdagi monitoring stansiyasi 247 AQI ko‘rsatkichini qayd etgan. PM2.5 konsentratsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya qilingan o‘rtacha yillik havo sifatidan 39,3 marta oshadi.
Toshkent havosi eng yuqori darajada ifloslangan shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turibdi.
Tashkent Land Telegram-kanali yozishicha, bunday vaziyat yuzaga kelishiga magistral gaz quvurlarida bosim yo‘qligi sabab bo‘lgan (Buxoro viloyatidagi avariya sababli). Oqibatda barcha issiq elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari mazutga o‘tgan. Aks holda minglab turar joylar, yuzlab maktablar va bog‘chalar, o‘nlab kasalxonalar issiqlik ta’minotisiz qoladi. Shu sababli issiqlik bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida mazutdan foydalanilmoqda, hozircha boshqa yo‘llar yo‘q, deyiladi xabarda.
Sharhlar