Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi
Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
U 2023-yil 24-mart kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi, bugun esa ushbu lavozimda tasdiqlandi.
Ushbu masala Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ko‘rib chiqildi. Prezident Toshkent shahri hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Shavkat Buronovich Umurzoqov nomzodini tavsiya etdi.
Shahar hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi.
Ulashish:
Sharhlar