Toshkent shahar hokimligi aholidan sovuqda boshpanasiz qolgan hayvonlarga yordam berishini so’radi

Фото: PrimaMedia.ru

Bugun Toshkent shahrida havo harorati keskin pasayib, salqin havo o‘rnini sovuqqa bo‘shatib bermoqda. Shu munosabat bilan shahar hokimligi poytaxt aholisi va mehmonlariga yordamga muhtoj qarovsiz mushuk va itlarga eʼtibor qaratishni soʻrab murojaat qildi.

Haydovchilardan transport vositasini ishga tushirishdan oldin hushyor bo’lishlari so’raladi, chunki hayvonlar kapot ostida yoki avtomobil g’ildiraklarida issiqlik izlashlari mumkin. Hokimlik baxtsiz hodisalar oldini olish uchun avtomobilni tekshirishga bir necha daqiqa vaqt ajratishni tavsiya qiladi.

Bundan tashqari, aholiga iloji bo’lsa, uysiz hayvonlarni boshpana berish yoki ularga oziq-ovqat bilan yordam qilish tavsiya etiladi. “Shunday qilib siz bitta kichik, ammo juda muhim hayotni saqlab qolasiz”, – deyiladi murojaatda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.