“Toshkent invest” kompaniyasi Toshkent kanallari qirg‘oqlarini obodonlashtirish loyihasini boshladi
“Toshkent invest kompaniyasi” AJ Toshkentdagi kanallarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgohlar tashkil etish loyihasini ilgari surmoqda. Davlat-xususiy sheriklik dasturi doirasida tadbirkorlarni ushbu “yashil” tashabbusni amalga oshirishga qo‘shilish tashabbusi bilan chiqmoqda.
Xabarga ko‘ra, “xususiy sherikdan piyodalar yo‘laklarini yangilash, navigatsiya, o‘rindiqlar, bostirmalar, umumiy ovqatlanish obyektlari va boshqa elementlarni o‘rnatish bo‘yicha taklif kutilmoqda, bu loyihaning o‘zini o‘zi qoplashini ta’minlash va sohillarni 10 yil davomida parvarish qilish imkonini beradi”.
Loyiha bilan tanishish uchun dastlabki konsepsiya ilova qilingan. “Barcha tafsilotlarni muhokama qilishga tayyormiz va hamkorlikdan mamnun bo‘lamiz”, – deyiladi xabarda.
Google xaritalaridagi manzil: 41.294219, 69.286504
Hokimlik aloqa uchun quyidagi ma’lumotlarni taqdim etgan:
+99871 210 02 61
[email protected]
Sharhlar