Toshkent markazida ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

дорога
Фото: автострада

6-8 sentyabr kunlari Toshkentning ayrim markaziy ko‘chalari to‘sib qo‘yiladi, deya xabar beradi poytaxt hokimligi.

Bu davrda Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Hyatt mehmonxonasi yonidagi maydonda musiqa festivali o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan tadbirni uyushqoqlik bilan tashkil etish hamda tadbir kunlarida jamoat xavfsizligi va tartibini ta’minlash maqsadida poytaxtning quyidagi ko‘chalari transport vositalari harakati uchun yopiladi:

  • Buyuk Turon va Amir Temur ko‘chalari oralig‘idagi Istiqlol ko‘chasi;
  • Istiqlol va Alisher Navoiy ko‘chalari oralig‘idagi Buyuk Turon ko‘chasi;
  • Istiqlol va Alisher Navoiy ko‘chalari oralig‘idagi Zarafshon ko‘chasi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.