Toshkent metrosida poyezd yana to‘xtab qolgan
Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston” bekatidagi harakat tarkibi buzilib qolgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi.
“Toshkent metropoliteni” DUK rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, bugun soat 08:48 da “O‘zbekiston” bekatidan texnik jihatdan nosozlik kuzatilgan. Xavfsizligini ta’minlash maqsadida elektropoyezd mashinisti tomonidan barcha yo‘lovchilar bekatga tushirilgan.
Yuzaga kelgan nosozlikni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida harakat tarkibi tekshiruv yo‘lagi tomon harakatlantirilgan. Shundan so‘ng, oradan 3 daqiqa vaqt o‘tib, ortdan kelgan poyezd bekatdagi yo‘lovchilarni olib manzillari tomon olib ketgan.
Ulashish:
Sharhlar