Toshkent metrosining vagonlaridan birida oyna sindi — video

Фото: Нова

Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonlaridan birining kichik oynasi singani haqidagi xabarlar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati o‘rganish ishlarini olib borgan.

Ma’lum qilinishicha, “mazkur holat joriy yilning 4 iyul sanasida sodir etilgan. Metro vagonining tirqichi yo‘lovchilar tomonidan ehtiyotsiz harakat bilan ochilgan va natijada tirqich sinib ketgan. Ushbu holatdan poyezd mashinisti xabar topgach, belgilangan yo‘riqnomaga asosan harakat tarkibi elektrodepoga olib kirilgan va ushbu kamchilik bartaraf etilgan”.

“Yo‘lovchilardan metro xizmatidan foydalanish vaqtida ehtiyotkor bo‘lishlarini hamda metro mulkiga zarar yetkazmasliklarini so‘raymiz”,- deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.