Toshkent shahar hokimligi shahar aholisiga murojaat qildi

Foto: spot.uz

Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lumotlariga asosan Toshkent shahar hokimining tegishli qarori chiqishi bilan isitish ta’minoti yoqiladi.

“Sovuq kunlar mavsumida xonadoningiz issiq va qulay muhitda bo’lishi qanchalik muhim ekanligini tushunamiz.Avval xabar berilganidek, isitish davri  tashqi havoning o’rtacha sutkalik harorati ketma-ket 5 kunlik davrda 8 darajadan past bo’lgan paytdan boshlanadi”, – deyiladi xabarda. 

Asos: O’z. Res. V. M.ning 15.07.2014-yildagi 194-sonli “Kommunal xizmatlar ko’rsatish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi qaror.

Isitish davri yoqilishining aniq sanasi ma’lum bo’lgandan so’ng rasmiy xabar beriladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.