Toshkent shahar hokimligi shaharliklar bilan teskari aloqani yo‘lga qo‘yish uchun qulay Telegram-botni ishga tushirdi
Toshkent shahar hokimligi aholi bilan teskari aloqani yo‘lga qo‘yish uchun Telegram-bot ochilganini ma’lum qildi, deya xabar beradi poytaxt hokimligining matbuot xizmati.
Endilikda shahar aholisi va mehmonlari o‘z taklif va shikoyatlarini Toshkent shahar hokimligiga bemalol va tez yuborishlari mumkin. @poytaxtuz_bot boti OAV vakillari uchun ham mavjud bo‘lib, ular orqali hokimlik matbuot xizmati bilan bevosita muloqot qilishlari mumkin.
So‘rov yuborish uchun to‘liq ismni va telefon raqamini ko‘rsatish kerak. Ilova qilingan fotosuratlar, video va audio fayllar so‘rovingizni aniqroq va tezroq ko‘rib chiqishga yordam beradi.
Ulashish:
Sharhlar