Toshkent shahar transport va yo‘l transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Фото: Минтранс

Baxromov Fazliddin Faxriddin o‘g‘li Toshkent shahar transport va yo‘l transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

“F.Baxromov 1991-yil 14-avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2016-yilda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Ishlab chiqarishni boshqarish menejmenti fakultetining bakalavr bosqichini, 2018-yilda moliya ishi yo‘nalishida magistratura bosqichini, 2020-yilda esa “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati sifatida AQShning Vebster universiteti Toshkent filiali Loyiha boshqaruvi fakultetining magistratura bosqichini tamomlagan” – deyiladi xabarda.

Tayinlovga qadar Baxromov Fazliddin Faxriddin o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi “Delivery Unit” loyiha ofisi mutaxassisi lavozimida hamda Yoshlar ishlari agentligining markaziy apparatida boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.