Toshkent shahri Uchtepa tumanida hokim almashdi

Фото: Yuz.uz

11-iyul kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumani hokimi Abdullayev Farxod Ravshanovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shu munosabat bilan tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Alimdjanov Jamshid Rustamovichga tuman hokimi vazifalarini vaqtincha bajarish vazifasi yuklatildi.

Ma’lum qilinishicha, Abdullaev Farxod Ravshanovich “O‘zbekiston texnologik metallurgiya zavodi” AJ raisi etib tayinlangan. Prezident qarori bilan mazkur zavod “Olmaliq KhMK” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Nodir metallar va qattiq qotishmalar” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi negizida tashkil etilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.