Toshkent shahri va Namanganda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

Foto: Department_uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi, DXX va Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.N. “Kia bongo” rusumli yuk avtomashinasida xorijda ishlab chiqarilgan ikki turdagi jami 3 900 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Toshkent shaharida tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga o‘tkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Mingbuloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.U. xaridorga xorijda ishlab chiqarilgan 10 quti aksiz markasiz “ESSE Change” nomli tamaki mahsulotini 380 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida hech qanday hujjatsiz umumiy bahosi 49 mln so‘mlik 2 200 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.