Chilonzorda MCHJ rahbari fuqarolarni yevropa davlatlariga ishga yubormoqchi bo’ldi

Foto: departament

Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Ch.g” MCHJ rahbari G‘.K. (muqaddam sudlangan) fuqaro B.R. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularga soxta sertifikat va diplom tayyorlab berish orqali Yevropa davlatlariga ishga yuborishini va’da qilib, evaziga B.R.dan 4 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida, MCHJ rahbari G‘.K. fuqaro U.T. va boshqalarni aldab, ularni chet elga ishga yuborishi evaziga 25,8 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi, shuningdek 5 nafar fuqaroning nomiga “H-W.” MCHJda turli kasblarga o‘qiganligi to‘g‘risida soxta sertifikatlar tayyorlab qo‘yganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.