Toshkent shahrida zilzila sodir bo’ldi
Toshkent shahrida 9-sentabr soat 05:45 da (Grinvich bo’yicha 00:45 da) zilzila sodir bo’ldi. Bu haqida FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar bermoqda.
Episentr: Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani. Zilzila koordinatalari: 41,33 gradus shimoliy kenglik; 69,38 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=3,6. Chuqurlik 5 km. Zilzila episentri Toshkentdan 5 km shimoliy-sharqda.
O’zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Mirzo Ulug’bek tumanida 2 ball, 2 km.
Mirobod tumanida 2 ball, 5 km.
Shayxontoxur tumanida 2 ball, 6 km.
Yashnabod tumanida 2 ball, 6 km.
Olmazor tumanida 2 ball, 7 km.
Yakkasaroy tumanida 2 ball, 7 km.
Chilonzor tumanida 2 ball, 9 km.
Ulashish:
Sharhlar