Toshkent shahrining uchta tumanida gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi

Источник: pixabay.com

27-noyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Cheklov taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq, deb xabar bermoqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati.

Uzilish tafsilotlari:

  • Sergeli tumani (10:00–18:00): Oltin vodiy massivi, 8 ta ko‘p qavatli uy (380 xonadon), Bezakchi va Oltin vodiy ko‘chalaridagi 230 ta xususiy uylar, shuningdek, yirik ulgurji iste’molchilar.
  • Uchtepa tumani (10:00–19:00): Sakkoki massivi (220 ta xususiy uy) va ikkita yirik ulgurji iste’molchi.
  • Yakkasaroy tumani (10:00–18:00): Boshliq massivi, 16 ta ko‘p qavatli uy (1375 xonadon) va 14 ta yirik ulgurji iste’molchilar.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti tiklanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.