Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yong‘in sodir bo‘ldi

Скрин из видео/Tashkentland

Bugun, 10-avgust kuni soat 14:02 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga poytaxtning Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv texnikasi soat 14:08da yetib kelgan va 14:29 da yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in sabablari va moddiy zarar aniqlangan.

Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar yo‘q.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.