8 yil avval Toshkent tramvay tizimini yopishga qaror qilingan edi

трамвай
Фото: кун

2016-yilning 28-mart kuni Toshkent tramvay tizimini yopishga qaror qilingandi, bir oydan ko‘proq vaqt ichida qolgan barcha yo‘nalishlar ham yopilib, liniyalarni demontaj qilishni boshladilar, deb eslamoqda “Ko dnu” telegram-kanali.

Voqealardan atigi olti oy oldin yangi yo‘l bo‘ylab (Maxtumquli ko‘chasi) o‘tishi kerak bo‘lgan yangi tramvay liniyasi qurilishi boshlangandi.

Tramvay harakatini yopish to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtda shaharda qariyb 90 kilometr uzunlikdagi liniyalar, belgilangan zonalar, yer uchastkalari, to‘liq infratuzilma, tramvay deposi va yo‘lga xizmat ko‘rsatish hududi mavjud edi.

2016-yil oxiriga kelib, bularning barchasi deyarli yo‘qoldi.

“Mutlaqo layoqatsiz odamlar tomonidan qabul qilingan qaror hali ham katta salbiy oqibatlarga olib kelyapti”, deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.