Toshkent tumanida 4 egizak dunyoga keldi, uch qiz, bir oʻgʻil
Toshkent tumanida yashovchi 23 yoshli ayol 4 nafar egizak (3 qiz,1 oʻgʻil) farzandli boʻldi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi yozmoqda.
Xabarda aytilishicha, “Respublika Perinatal markazida oʻtkazilgan jarrohlik amaliyoti muvafaqqiyatli olib borilib, ona va bolalar holati Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyat boshqarmasi tomonidan qattiq nazoratga olingan”.
Kerakli barcha muolajalar davom ettirilmoqda. Yangi tugʻilgan chaqaloqlar intensiv davolash muolajalarini olmoqda.
Ulashish:
Sharhlar