Toshkent va BAAning Al-Ayn shahrini yangi muntazam reyslar bog‘laydi

Foto: uzbektourism

2023-yil 22-sentyabrdan boshlab Toshkentdan Al-Ayn shahriga yangi muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yo‘nalish EASYBOOKING kompaniyasi tomonidan Air Samarkand aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Rotana Jet brendi ostida tashkil etilgan.

Mazkur reyslar mahalliy va xorijlik sayyohlar uchun qulay muhit yaratish, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

BAAning to‘rtinchi yirik shahri Al-Ayn o‘zining yashil bog‘lari, favvoralari va Al-Jahili qal’asi va mashhur vohasi kabi tarixiy obidalari bilan mashhur. Shahar, shuningdek, madaniy tadbirlar va festivallar markazi bo‘lib, uni sayyohlar uchun jozibali manzilga aylantiradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.