Toshkent viloyati obodonlashtirish bosh boshqarmasi tugatildi

Foto; zamon.uz

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent viloyati obodonlashtirish bosh boshqarmasi tugatildi.

Qarorga koʻra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Bosh boshqarmaga tegishli bino va inshootlar, avtotransport vositalari hamda tovar-moddiy aktivlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, Toshkent viloyati hokimligiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazilishini taʼminlaydi.

Tugatilayotgan shtat birliklari hisobidan 20 ta shtat birliklari va ish haqi xarajatlari uchun talab etiladigan mablagʻlar Chirchiq shahar obodonlashtirish boshqarmasiga oʻtkazildi.

Shuningdek, Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasi ham ixchamlashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, Urganch obodonlashtirish boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalining qayta shakllantiriladi.

Urganch shahar hokimligi huzuridagi “Shovot” madaniyat va istirohat bog’i davlat unitar korxonasini Shovot kanali hududlarini obodonlashtirish uchastkasi sifatida Urganch obodonlashtirish boshqarmasiga qoʻshib yuboriladi.

Urganch obodonlashtirish boshqarmasi “Shovot” madaniyat va istirohat bog’i DUKning barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, Vazirlar Mahkamasi 21.11.2019 yildagi “Toshkent viloyatida obodonlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni qabul qilgan. Unga koʻra, Toshkent viloyati Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tashkil etilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.