Toshkent viloyatida 40 ming dollarga yerni qayta rasmiylashtirib berishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi
O‘rtachirchiq tumani hududidan 15 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Departament axborot xizmati xabar beryapti.
“Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.R. fuqaro Sh.A.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani “Evalak” MFY hududidan 40 000 AQSH dollari evaziga 15 sotix yer maydonini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 20 000 AQSH dollari va 6,4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan”, – deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar