Toshkent viloyatida 8 milliard so‘mlik ipakchilik majmuasi qurilmoqda

фото: president.uz

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ipakchilik majmuasi qurish va tut plantatsiyasini barpo etish ishlari boshlandi, deb xabar qildi viloyat hokimligi.

Loyiha 8 milliard so‘mlik investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilib, majmua 9,7 gektar maydonda barpo etiladi.

Korxonada yiliga 350 quti ipak qurti, 25 tonna turli turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Avvalroq Toshkent viloyatida Xitoy tajribasi asosida tut pillasi yetishtirish bo‘yicha markazlashtirilgan korxonalar tashkil etilishi ma’lum bo‘lgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.