Toshkent viloyatida ayollar ko‘chada mushtlashdi
9-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir necha ayol ko‘chada mushtlashgani tasvirlangan video tarqaldi, deb xabar bermoqda IIB matbuot kotibi.
Voqea Olmaliq shahri “Toshkent” MFY hududida yuz bergan. Bir necha loʻli elatiga mansub ayollar o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
Natijada ular orasidagi kelishmovchilik hududiy profilaktika inspektori va mahalla xodimlari tomonidan bartaraf etildi.
Ayni paytda huquq-tartibot idoralari xodimlari ularni keyinchalik sudga taqdim etish uchun tegishli hujjatlarni yig‘ishmoqda.
Ulashish:
Sharhlar