Toshkent viloyatida daraxtlarni noqonuniy kesgan kompaniya jarimaga tortildi

Фото: Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi

Toshkent viloyati О‘rtachirchiq tumani “Yangihayot” mahallasida daraxtlar noqonuniy kesilgani aniqlandi, deb xabar beradi viloyat Ekologiya boshqarmasi.

Xodimlar “SK” MChJ kompaniyasi rahbari qurilish ishlari vaqtida tegishli ruxsatnomasiz bitta jiyda va ikkita tut daraxtini kesib tashlaganini aniqlagan.

Natijada ma’muriy bayonnoma tuzilib, hujjatlar sudga oshirilgan.

Atrof-muhitga yetkazilgan zarar 36,37 mln so‘mga baholandi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.