Toshkent viloyatida fuqaro chegaradan “Kalxat”larni olib o‘tishga urindi
6-iyun kuni, O‘zbekistondan qo‘shni mamlakatga chiqib ketish uchun “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda kirib kelgan fuqaroning ko‘lidagi karton quti belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
“Tekshiruvdan so‘ng yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda aytilmagan “Kalxat” nomli qarchig‘aysimonlar oilasiga mansub 2 dona tirik qushlarni olib o‘tayotgani aniqlangan”, – deyiladi xabarda.
Ayni paytda ushbu qushlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Ulashish:
Sharhlar