Toshkent viloyatida fuqaro o‘zini daraxtga osib qo‘ydi

Источник: pixabay.com

24-iyul kuni Toshkent viloyatida erkak o‘zini daraxtga osib, o‘z joniga qasd qildi, deya xabar beradi Bosh prokuratura.

Hodisa Qibray tumani, Ilg‘or mahallasi hududida sodir bo‘lgan.

22 yoshli fuqaro o‘zini osish uchun daraxt tanlab, o‘z joniga qasd qilgan.

Sud-tibbiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, shifokorlar erkakning o‘limiga bo‘yin a’zolarining siqilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lganini aytishdi.

Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari hodisa yuzasidan dastlabki tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.