Toshkent viloyatida itlar ommaviy qirildi

Кадр из видео

12-noyabr kuni Pskent tumanidagi Akmal Ikromov dala-hovlilarida itlarning ommaviy o‘ldirilishi sodir bo‘lgan. “Mehr va Oqibat” Hayvonlarni himoya qilish jamiyatiga fuqaro E.Z. dan qo‘rg‘onda itlar otilgani, natijada uning ikki iti jarohatlangani haqida xabar kelib tushgan: itlardan biri halok bo‘lgan, ikkinchisi esa og‘ir ahvolda veterinariya klinikasiga joylashtirilgan.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, bu qotillikda militsiya va ushlash xizmatining xodimlari, shuningdek, ovchilar ishtirok etgan.

“Mehr va Oqibat” ushbu holatni o‘rganib, aholi turar-joyida hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan va o‘qotar qurol ishlatgan shaxslarni qonun doirasida jazolashni so‘rab, Ichki ishlar vazirligiga murojaat tayyorladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.