Toshkent viloyatida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadonlar aniqlandi

Foto: Departament

Qibray tumanida “Guliston” MFY hududidagi xonadonda yashovchi Q.T. o‘z uyida 8 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazgan.

Yuqorichirchiq tumanida fuqaro J.Sh. “Sultonravot” MFY hududidagi turar-joy binosida “ArtMiner S9” rusumli mayning qurilmasini o‘rnatib, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 50,7 mln so‘m zarar yetkazgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.