Toshkent viloyatida narkolaboratoriya tashkilotchisi qo‘lga olindi
Huquq-tartibot idoralari tomonidan narkotik laboratoriyalar tashkil qilgan Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Yashnobod tumanidagi turar-joy binolaridan birida birinchi laboratoriya topilib, u yerda 4,8 kg narkotik moddalar musodara qilingan. Ikkinchi laboratoriya gumonlanuvchining Toshkent viloyatidagi uyida joylashgan. U yerda 10 kilogrammga yaqin sintetik giyohvand moddalar, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun uskunalar, jumladan, idishlar, qo‘lqoplar va tarozilar topilgan.
Olib borilgan tezkor tadbir davomida umumiy qiymati 1 million dollarga yaqin bo‘lgan 14,8 kilogramm sintetik narkotik moddalar musodara qilinib, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Sharhlar