Toshkent viloyatida o‘z rafiqasini joniga qasd qilishgacha yetkazgan fuqaroga hukm chiqarildi
13-avgust kuni Toshkent viloyatida xotinini o‘z joniga qasd qilishgacha olib borgan erkak qamoqqa olindi, deya xabar beradi Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov.
U jinoyat sodir etishda aybdor deb topilib, hukm ustidan shikoyat qilish huquqi bilan 9 yil muddatga umumiy tartibli koloniyaga hukm qilindi.
27-mart kuni soat 21:30 larda Toshkent viloyati Bekobod tumani Dalvarzin mahallasida 28 yoshli ayol o‘zi yashaydigan uyning beshinchi qavatidan sakrab o‘z joniga qasd qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki farzandning onasi turmush o‘rtog‘ining muntazam kaltaklashi va kamsitishlariga chiday olmay, o‘z joniga qasd qilishga qaror qilgan.
Ilgari unga uchta himoya orderi berilgan. Qayd etilishicha, fojiadan bir necha kun oldin erkak uni hammasini yangidan boshlash bahonasida ota-onasining uyidan olib ketgan.
Keyinroq huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakni qo‘lga olib, unga nisbatan 103-modda (O’z joniga qasd qilishga undash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Sharhlar