Toshkent viloyatida ro‘moli o‘rab, niqob taqib yurgan ayol sudda huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi
Toshkent viloyati Zangiota tumanida ro‘mol o‘rab, niqob taqib yurgan ayol ishi sudda ko‘rildi.
Xabarga ko’ra, 2-avgust kuni soat 11:51 lar atrofida Zangiota tumani, Mustaqillik ko‘chasida ayol jamoat joyida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda harakatlanib kelgani yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Sudda ayol mebel sexida ishchi vazifasida ishlab kelishini aytgan. 2-avgust kuni soat 11:50 da shu ko‘chada joylashgan oziq-ovqat do‘koniga non va qatiq mahsulotini xarid qilish uchun yuzida “maska” taqilgan holatda ketayotgan vaqtida IIB xodimlari uni to‘xtatib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatini so‘ragan.
Tomog‘ida allergiya borligi sababli niqob taqib yurishini, kassaligi haqida hech qanday hujjat yo‘qligi, jamoat joyida niqob taqib yurish mumukin emasligini bilmasligi, ishdan shoshib chiqqani sababli niqobini yechmagani uchun uzr so‘rab, oilaviy sharoiti og‘irligi voyaga yetmagan farzandlari borligi, yolg‘iz ayol ekanini bildirib, suddan yengilik berishni so‘radi.
Sud qarori bilan ayol ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va 1,7 mln so‘m jarimaga tortildi.
Sharhlar