Toshkent viloyatida YTH sodir bo‘ldi
Joriy yilning 13-iyul kuni soat tahminan 14:30 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan halqaro ahamiyatdagi M 34 avtomobil yo‘lining 23-km, “Yangiyo‘l-Toshkent” yo‘nalishida haydovchi 1989 yilda tug‘ilgan X.Sh “Damas” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan haydovchi 1990 yilda tug‘ilgan M.I boshqaruvidagi “Jentra” rusumli transport vositasining orqa qismiga borib urilishi natijasida ag‘darilib ketgan. Bu haqda viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
“Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida “Damas” avtomobilining bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sharhlar