Toshkent yaqinida sodir bo‘lgan yong‘in joyiga O’zbekiston FVV rahbari keldi
10-sentyabr kuni soat 14:15 da Zangiota tumani Erkin mahallasida joylashgan bo‘yoq ishlab chiqarish tsexida yong‘in sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari tezda voqea joyiga etib kelishdi.
Ayni paytda bu yerda yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.
“Yong‘in oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumotlar yo‘q”, — deyiladi Favqulodda vaziyatlar xizmatining xabarida.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa mas’ul tashkilotlar rahbarlari jo‘nab ketgan.
Ulashish:
Sharhlar