2024-yil boshidan buyon Toshkentda yuz bergan YTHlarda 29 kishi halok bo‘lgan
Joriy yilning 5 oyi davomida Toshkent shahrida 393 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, ularda 29 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 364 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olishgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, general-mayor Aziz Tashpulatov raisligida IIBB YHXB tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
YTHning 240 tasi piyodalar ishtirokida sodir etilgan. YTHning sabablari tahlili qilinganda, haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalarga rioya qilmasligi, piyodalarning belgilanmagan joylardan yo‘lni kesib o‘tishi natijasida sodir etilganligi 99% holatlarda qayd etilgan.
Poytaxt IIBB boshlig‘i YTHning oldini olish maqsadida har bir avariya o‘choqlarini tahlil qilish, tahlil asosida zaruriy chora-tadbirlarni belgilash, haydovchilar va piyodalar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish bo‘yicha profilaktik targ‘ibot choralarini yanada kuchaytirish kerakligini ta’kidladi.
Sharhlar