Toshkentda 12 yoshli bola Captiva avtomobilini boshqardi

Фото: УБДД

Toshkentda Sirg‘ali tumanida istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan bola Captiva avtomobilini boshqarayotgani aks etgan video tarqaldi.

Toshkent shahar IIB matbuot xizmati avtomashinani 12 yoshli bola boshqarganini aniqladi.

Bolaga transport vositasini boshqarishiga ruxsat bergan 47 yoshli erkakka nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan transport vositalarini tegishli hujjatlarsiz boshqarish yuzasidan ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Avtomobil jarima maydoniga yuborildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.