Toshkentda 125 ta jarimasi mavjud “JETOUR” xatlandi

Foto: MIB

Toshkent shahrida 125 ta jarimasi mavjud bo’lgan “JETOUR” xatlandi. Hozirda u auksionga chiqarish uchun tayyorlanmoqda.

MIBning Sergeli tuman byurosiga sudning qarzdordan “Davr Bank” foydasiga 302 mln. so‘m kredit va 125 mln. so‘mlik jarimalarni undirish haqidagi qarori kelib tushgan.

Qarzdorga 15 kunlik muddat berilgan bo‘lsa-da, u qarzlarni to‘lamagan.

Shundan so‘ng, qarzdorning “JETOUR” avtomobili majburiy xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi. Hozirda mashina onlayn auksion savdosiga chiqarish uchun tayyorlanmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.