Toshkentda 200 dollar pora bilan ushlangan o‘qituvchiga hukm o’qildi
Toshkentda 200 dollar pora olgan maktab o‘qituvchisiga hukm chiqarildi. Bu haqda Millar teleko’rsatuvida xabar berildi.
2024-yil yanvar oyida Sergeli tumanidagi maktab o‘qituvchisi 200 dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingan edi. U fuqaroga o’zi ishlagan maktabdan yuqori lavozimni va’da qildi.
“Faoliyatim davomida bu birinchi marta sodir bo’ldi, shuni hisobga olingki, men bu ishga beixtiyor aralashganman. Hech qachon bunday narsa bo’lmagan, bu birinchi va oxirgi martasi. Men chuqur afsusdaman va barchadan kechirim so’rayman”, – dedi ayol.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli sudi ayolni aybdor deb topib, 2 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi. Shuningdek, u bir yil muddatga davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarni egallash huquqidan mahrum etildi.
Sharhlar